Buyurtmalar
Qabul qilishdan yetkazishgacha: kim oldi, qaysi bosqichda, toʻlandimi.
- Telegram va telefondagi buyurtmalar bitta roʻyxatda
- Holat: yangi · yigʻilmoqda · yoʻlda · topshirildi
- Buyurtmadan ombor oʻzi kamayadi
Dastgoh — Yesin tizimi · Toshkent
Tayyor asos tizimni ish tartibingizga moslab, 6–10 haftada oʻrnatamiz.
Oʻzbekiston boʻylab koʻplab bizneslar Dastgohda ishlaydi
Chakana savdo
Atir-upa doʻkoni
Atir qoldigʻi millilitr boʻyicha yuritiladi — flakon va quyma alohida.
Ishlab chiqarish
Qandolat sexi
Retsept tizimda: sotilgan tort xomashyosi oʻzi hisobdan chiqadi.
Savdo tarmogʻi
Koʻp filialli doʻkon
Har bir filialning qoldigʻi va kassasi bitta ekranda.
01 — Muammo
Birinchi uchrashuvda eng koʻp eshitadigan gaplarimiz. Har biriga Dastgohda alohida modul bor.
«Oy oxirida kassadagi pul daftardagi raqam bilan toʻgʻri kelmaydi.»
Xarajatlar moduli«Sotuvchi ishdan ketdi — kim qancha qarzdor, hech kim bilmaydi.»
Qarz moduli«Tovar tugaganini mijoz soʻraganda bilib qolaman.»
Ombor moduli«Ikki filialda bitta mahsulotning soni har xil chiqadi.»
Filiallar moduli«Excel faylni kim oʻzgartirganini topib boʻlmaydi.»
Hammasi bitta bazada«Telegramda kelgan buyurtma yozishmalar orasida yoʻqoladi.»
Buyurtmalar moduli02 — Modullar
Oltita asosiy modul bitta bazada: sotuv boʻlganda ombor, kassa va mijoz qarzi birga oʻzgaradi.
Qabul qilishdan yetkazishgacha: kim oldi, qaysi bosqichda, toʻlandimi.
Kirim, chiqim va qoldiq har daqiqada. Kam qolganda oʻzi ogohlantiradi.
Har bir mijozning xaridlari, qarzi va telefon raqami bitta kartada.
Kim, qancha, qachongacha. Daftar oʻrniga — muddati bilan.
Ijara, maosh, yoʻl kira — har kuni, toifa boʻyicha.
Har bir filialning qoldigʻi, kassasi va sotuvi — alohida va birgalikda.
Yana: kassa, mahsulotlar, valyuta (soʻm va dollar), xodimlar va huquqlar, hisobotlar, Telegram Mini App.
03 — Asos tizim
Asos — 12 ta sinalgan modul. Har bir biznesga uni qayta shakllantiramiz: keragini moslaymiz, keraksizini oʻchiramiz, yetishmaganini yozamiz. Pastda — shuning misollari.
Asos: 12 ta sinalgan modul
Har bir biznesda shu asos ishlaydi
Ramka ichida — asos. Oʻng ustun va pastki qator — mijozga xos modullar uchun joy.
Asos haqida
| Dastgoh · asos → 3 versiya | Varaq 1/1 |
| Yesin · Toshkent | 2026 |
04 — Kim uchun
Toʻrttasidan kamida uchtasi toʻgʻri kelsa — bugunoq boshlashimiz mumkin:
Bularning biri ham toʻgʻri kelmasa ham — yozing. Kichikroq hajm uchun ham yechim topamiz.
05 — Loyihalar
Har biri yuqoridagi bitta asosdan boshlangan. Farqi — nima moslangani va nima yangidan yozilgani.
1ml
qoldiq aniqligi
2ta
yangi modul yozildi
quyish, tester
0ta
qogʻoz qarz daftari
Nima oʻzgardi: Ombor va Mahsulot moslandi · Atir quyish va Tester yozildi.
Sxemada koʻrish3kun
muddat tugashidan oldin ogohlantirish
3ta
yangi modul yozildi
retsept, reja, yaroqlilik
1ta
baza — xomashyo va tayyor mahsulot
Nima oʻzgardi: Buyurtma, Ombor va Qarz moslandi · Retsept, Ishlab chiqarish, Yaroqlilik yozildi.
Sxemada koʻrish1ekran
barcha filiallar qoldigʻi
3ta
yangi modul yozildi
koʻchirish, taʼminot, tarozi
09:00
har kuni hisobot Telegramga
Nima oʻzgardi: Ombor, Kassa, Filial va Hisobot moslandi · Koʻchirish, Taʼminot, Tarozi yozildi.
Sxemada koʻrish06 — Telegram Mini App
Xodimlaringiz va mijozlaringiz allaqachon Telegramda. Ilova yuklab olish shart emas.
07 — Jarayon
Birinchi uchrashuvdan ishga tushirishgacha — 6–10 hafta. Aniq muddat shartnomaga yoziladi.
Biznesingizga kelamiz: buyurtma, ombor va qarz hozir qanday yuritilishini koʻramiz. Tizimni joyida koʻrsatamiz.
2–3 soat vaqt, hozirgi daftar va Excel fayllar.
Asos modullarni ish tartibingizga moslaymiz, yetishmaganini yozamiz. Har hafta oraliq versiyani koʻrsatamiz.
Haftasiga 1 soat: koʻrib chiqish va izoh.
Mahsulot, mijoz va qarzlarni Excel va daftardan koʻchiramiz. Xodimlarni oʻz ish joyida oʻqitamiz.
Xodimlar uchun 2 ta mashgʻulot vaqti.
Tizimda ishlay boshlaysiz, biz yoningizdamiz: savol va tuzatishlar oʻsha kunning oʻzida.
Savollarni Telegramga yozasiz.
08 — Boshqa xizmatlar
09 — Savollar
Aniq summani tahlildan keyin aytamiz. Narx asosni qanchalik moslashga, yangi modullarga, filiallar soniga va eski maʼlumot hajmiga bogʻliq. Tahlil 1 hafta davom etadi va natijada yozma smeta olasiz. Shartnomadagi narx keyin oʻzgarmaydi.
Ikki qism: loyihani ishga tushirish uchun bir martalik toʻlov, keyin tizim va server uchun oylik toʻlov. Ikkalasining ham aniq summasi tahlildan keyin, yozma shaklda beriladi.
Ha. Oʻzimiz kelib, tizimni sizning biznesingiz misolida koʻrsatamiz. Qoʻngʻiroq qiling yoki Telegramga yozing — vaqt kelishamiz.
Oʻzimiz koʻchiramiz: mahsulotlar, qoldiqlar, mijozlar va ularning qarzlari. Bu ishga tushirishdan oldin qilinadi.
6–10 hafta. Aniq muddat tahlildan keyin maʼlum boʻladi va shartnomaga yoziladi.
Ha. Har birini oʻz ish joyida oʻqitamiz. Sotuvchi va omborchiga koʻpincha telefon yetadi — Telegram Mini App orqali.
Oʻzbekistondagi serverda — qonunga koʻra shaxsga doir maʼlumotlar mamlakat ichida saqlanadi. Xohlasangiz, oʻz serveringizga oʻrnatamiz.
Ha. Tizimni biz yozganmiz, kod bizda. Yangi modul yoki oʻzgartirish alohida kelishiladi.
10 — Aloqa
Qoʻngʻiroq qiling yoki yozing. Loyihani qiladigan muhandisning oʻzi gaplashadi.
+998 93 659 62 26Dushanba–Shanba, 9:00–18:00. Ish vaqtidan tashqari yozsangiz — ertalab javob beramiz.